Ishonch telefoni:
(+998 71) 241 02 39
Elektron pochta:
info@tibbiysugurta.uz

Imtiyozli toifaga kiruvchi bemorlarga yuqori texnologik amaliyotlar bepul oʼtkazilmoqda

Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Imtiyozli toifaga kiruvchi bemorlarga yuqori texnologik amaliyotlar bepul oʼtkazilmoqda
Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Imtiyozli toifaga kiruvchi bemorlarga yuqori texnologik amaliyotlar bepul oʼtkazilmoqda

Davlatimiz rahbarining 2021 yil 28 iyulda qabul qilingan tegishli qaroriga koʼra imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga koʼrsatiladigan tibbiy xizmatlar sifatini standartlar asosida baholash va ajratilgan mablagʼlar samaradorligini taʼminlash Davlat tibbiy sugʼurtasi jamgʼarmasiga yuklatilgan.

Jamgʼarma mazkur qaror ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilda 14 ta Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, 11 ta Respublika darajasidagi, 41 ta hududiy va 22 ta nodavlat tibbiyot tashkiloti bilan 576 mlrd. soʼmlik shartnoma imzoladi.

Endilikda imtiyozli toifadagi bemorlar davlat tibbiy sugʼurtasi jamgʼarmasi bilan shartnoma tuzgan davlat yoki nodavlat tibbiyot tashkilotlari orasidan oʼziga qulayini tanlab, tibbiy xizmatlardan bepul foydalanishi mumkin. Bemor davolanganidan soʼng Davlat tibbiy sugʼurtasi jamgʼarmasi muassasaga koʼrsatilgan tibbiy xizmatlarni asoslovchi hujjatlarga muvofiq, sarflangan mablagʼni Davlat byudjeti hisobidan oʼtkazib beradi.

Bemorlar bu qulaylikdan foydalanishi uchun oilaviy shifokorga murojaat qiladi va axborot tizimida yoʼllanma shakllantiriladi. Soʼngra shaffof tizim orqali bemorlar navbati qachon kelishi haqida xabardor boʼlib boradi, agarda yoʼllanma tasdiqlangangach bemor 60 kun mobaynida tegishli tibbiyot tashkilotiga murojaat qilmasa, ushbu yoʼllanma oʼz kuchini yoʼqotadi.

Joriy yilning 7 oyida 58 ming nafardan koʼproq imtiyozli toifadagi bemor yoʼllanma asosida tibbiy xizmatlardan bepul foydalandi. Misol uchun, Аkademik V.Vaxidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida davolangan 1,5 ming nafardan koʼproq bemor uchun qariyb 35 mlrd. soʼm toʼlandi. Jumladan, 208 nafar bemorda buyrak, 19 nafarida jigar koʼchirib oʼtkazish amaliyoti bajarilgan. Bunday yuqori texnologik amaliyotlarning hududlarda ham oʼtkazilayotgan esa tahsinga loyiq.

Davolangan bemorlarning 52 foiz Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, 34 foizi respublika muassasalari, 11 foizi hududiy hamda qariyb 3 foizi nodavlat tibbiyot tashkilotlari ulushiga toʼgʼri kelmoqda. Аlbatta, bemorlarning oʼz yashash hududida tibbiy xizmatdan foydalanishi, ularning poytaxtga kelib ortiqcha sarf-xarajat qilishi va sarson boʼlishini oldini olmoqda.

Davlat tibbiy sug’urtasi jamg’armasi
Matbuot xizmati.