“Yoshlar” telekanalining “Inson qadri” loyhasining navbatdagi sonida Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bosh shifokori Muxitdin Qodirov ishtirok etdi.
Unda mutaxassis elektron yoʻllanma tizimining qulayliklari va afzalliklari toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar berdi.
❗️Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida imtiyozli yoʻllanma asosida tibbiy xizmatlar bepul koʻrsatiladi. Sarf xarajatlarni Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi toʻlab beradi.
DTSJ Matbuot va PR xizmati