Ishonch telefoni:
(+998 71) 241 02 39
Elektron pochta:
info@tibbiysugurta.uz

"Inson qadri baland boʼlgan jamiyatda yashayotganimda xursandman"

Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > «Inson qadri baland boʼlgan jamiyatda yashayotganimda xursandman»
Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > «Inson qadri baland boʼlgan jamiyatda yashayotganimda xursandman»

Davlat tibbiy sugʼurtasi jamgʼarmasi Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy–amaliy tibbiyot markazi Namangan filiali bilan hamkorlik shartnomasi tuzgan.

2022-yildan joriy yilning aprel holatida 114 nafar imtiyozli toifadagi bemorlarda yuqori texnologik jarrohlik amaliyoti oʼtkazildi. Ular orasida Saodat Haydarova, Nozimjon Mansurovlar ham bor.

– Inson qadri baland boʼlgan jamiyatda yashayotganimda xursandman, – dedi namanganlik Saodat Haydarova.–Yuragimdagi muammolar bartaraf etildi. Holatim yaxshi, buning uchun Prezidentimizga va tibbiy sugʼurtasiga minnatdorchilik bildiraman.

–Jarrohlik amaliyoti juda qimmatligini eshitib, umidsizlikka tushdim – dedi yana bir bemor Nozimjon Mansurov.–Negaki, moliyaviy ahvolimiz bunga yetmasdi. Xudoga shukr, hozir yuragim yangilandi, yangi tugʼilganday boʼldim.

Hozirda har ikki bemor toʼlaqonli sogʼlom hayotga qaytdi. Ular Prezidentimiz tomonidan inson qadri uchun tamoyili asosida amalga oshirilayotgan islohotlardan minnatdor. Ularni davolash uchun sarflangan barcha xarajatlarni Davlat tibbiy sugʼurtasi jamgʼarmasi davlat byujeti mablagʼlari hisobidan qoplab bermoqda.

Batafsil: «Oʼzbekiston 24 TV»ning «Inson qadri uchun» teleloyihasida.