Sog‘lom bo‘lish uchun nimalar qilishimiz kerak? Sog‘lom turmush tarzini qanday shakllantirish mumkin?
Sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish ishlari qanday ketyapti?
Ushbu mavzular bo‘yicha bugun 18 yanvar kuni Xalqaro press-klubda sog‘liqni saqlash sohasiga bag‘ishlangan, 2023-yildagi ilk sessiya bo‘lib o‘tadi.
Unda Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi rahbariyati hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi mutasaddilari ishtirok etadi.
Sessiya soat 12:15 boshlanadi. “O’zbekiston 24”, “UzReport” va “Renessans” telekanallari orqali tomosha qilishingiz mumkin.
Qisqa satrlarda DTSJ rasmiy telegram kanalida ham yoritilib boriladi.