Ishonch telefoni:
(+998 71) 241 02 39
Elektron pochta:
info@tibbiysugurta.uz

Mehnati samarali deb topilgan tibbiyot xodimlariga ustama toʼlanadi

Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Mehnati samarali deb topilgan tibbiyot xodimlariga ustama toʼlanadi
Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Mehnati samarali deb topilgan tibbiyot xodimlariga ustama toʼlanadi

Oʼzbekistonda tibbiyot xodimlari mehnat samaradorligini baholash koʼrsatkichlarini ishlab chiqib, samaradorlikka erishgan xodimlarga ustama toʼlash rejalashtirilmoqda. Bu – 2025 yilgi davlat dasturi loyihasida belgilangan.

Shuningdek, loyihada tibbiyot va farmatsevtika xodimlari faoliyatini davlat roʼyxatidan oʼtkazish ham koʼzda tutilmoqda. Buni bosqichma-bosqich joriy etish boʼyicha hujjat loyihasi ishlab chiqiladi.

Joriy yilda shifokor qabuliga navbatni toʼliq elektron shaklga oʼtkazish, birlamchi boʼgʼindagi stomatologiya xizmatini autsorsing asosida xususiy sektorga berish reja qilingan.

2025 yil 1 noyabrga qadar tibbiy sugʼurta mexanizmlari joriy qilinayotgan hududlarda retsept asosida beriladigan dori vositalarini elektron retsept tizimi asosida tayinlash amaliyoti yoʼlga qoʼyilishi mumkin.

Viloyat darajasidagi ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalari boshqaruv, moliya va tashkiliy jihatdan zamonaviy koʼp tarmoqli klinikalar shaklida qayta tashkil etiladi.

DTSJ Matbuot va PR xizmati