Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi hamda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati “Temir yoʻl ijtimoiy xizmatlar” muassasasi oʻrtasida oʻzaro anglashuv va hamkorlik memorandumi imzolandi.
Memorandumga koʻra, tomonlar oʻrtasida qator yoʻnalishlar boʻyicha hamkorlik oʻrnatiladi. Xususan, tomonlar tibbiy yordam sifatini nazorat qilish usullari, imtiyozli dori-darmonlarni ta’minlash, moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish, axborot texnologiyalari va tizimlarni joriy etish boʻyicha kelishuvga erishishdi.
Shuningdek, hamkorlik doirasida vakolatli muassasalar va tashkilotlar orqali xodimlarni oʻqitish koʻzda tutilgan.
Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi
Matbuot va PR xizmati.