Ishonch telefoni:
(+998 71) 241 02 39
Elektron pochta:
info@tibbiysugurta.uz

Bir murojaat izidan

Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Bir murojaat izidan
Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Bir murojaat izidan

Surxondaryolik 46 yoshli Dilorom Nisolovaning kasbi hamshira. Bemorlarga foydasi tegishini istab, doim yelib-yuguradi. Аmmo keyingi toʼrt yildan buyon suyaklari, ayniqsa oyoqlarida ogʼriydigan boʼlib qoldi. Chaqqon va shahdam xarakatlana olmayapti. O‘zi tibbiyot xodimi boʼlsada, tekshiruvlardan o‘tishga hech qunt qilmadi. Og‘riqlar jonidan o‘tgach, o‘tgan yili ko‘rikka borganda, unda ikkala tizza bo‘g‘imi osteoartrozi aniqlandi. Shunda ham ambulator sharoitda davolandi.
Bir muncha muddat o‘zini yaxshi xis qildi. Og‘riqlar kamaygandek bo‘ldi. Biroq…
– Kunlar sovushi bilan oyoqlarim zirqirab ogʼriydi – deydi Dilorom Nisolova. – Cho‘kayotganodam xasga yopishadi deganlaridek, nima qilishga boshim qotib yurganda Davlat tibbiy sugʼurtasi jamgʼarmasining Telegram’dagi kanaliga ulanib oldim. Maʼlumotlar bilan tanishmoqchi bo‘lib, kuzatganimda Jamg‘arma rahbariyati ishtirokida onlayn «Ochiq muloqot»ni ustidan chiqib qoldim. Muloqotga qo‘shildim, menga o‘xshagan fuqarolar murojaat yo‘llayotgan ekan. Uyatni chetda qo‘yib, men ham «dardimni dasturxon qildim».
Fuqaroning murojaatini va tibbiy xulosalarni o‘rgangan Surxondaryo viloyatidagi vakilimiz ko‘magida Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga elektron yo‘llanma rasmiylashtirildi.
– Murojaatimni eʼtiborsiz qoldirmagan Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi xodimlaridan minnatdorman,– deydi D.Nisolova.– Tibbiyotni aholiga yaqinlashtirayotgan va Jamg‘armani faoliyatini qo‘llab-quvvatlayotgan Davlatimiz rahbariga katta rahmat.
Bemorning davolanish jarayoni va uning keyingi holati haqida Jamg‘armaning Matbuot va PR xizmati yaqin kunlarda batafsil xabar beradi.