Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga sifatli bepul tibbiy xizmat ko‘rsatilib kelinmoqda.
Imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga jarrohlik amaliyotlarning o‘rtacha narxi 40 mln so‘mga boradi – deydi Urologiya bo‘limi mudiri Soliev Tursunxo‘ja.
Bemor Otamurodov Nurullo:
Nevaralarimni ko‘rgani kelgandim. Qovug‘imda og‘riq paydo bo‘ldi. Markazga kelib yotganimda qovug‘imda 8 ta 5 smlik toshlar jarrohlik amaliyoti orqali olib tashlandi.
Nurullo otaga barcha talab etiladigan xarajatlar Davlat budjeti hisobidan Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi tomonidan qoplab berildi.
Davlat tibbiy sug’urtasi jamg’armasi
Matbuot xizmati.