Ishonch telefoni:
(+998 71) 241 02 39
Elektron pochta:
info@tibbiysugurta.uz

Nodavlat tibbiyot muassasalarida ham joriy etiladimi?

Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Nodavlat tibbiyot muassasalarida ham joriy etiladimi?
Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Nodavlat tibbiyot muassasalarida ham joriy etiladimi?

Joriy yilning 1-iyulidan Sirdaryo viloyatida davlat tibbiy sugʻurtasi sinov tariqasida yoʻlga qoʻyildi. Endilikda bu xizmat yana qaysi hududlarda yoʻlga qoʻyiladi? Nodavlat tibbiyot muassasalarida ham joriy etiladimi?

2021-yil 1-iyuldan 2022-yil yakunigacha boʻlgan muddatda Sirdaryo viloyatida davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlarini tajriba-sinov tariqasida joriy etish orqali ushbu hududda tibbiy xizmatlar koʻrsatish va sogʻliqni saqlashni moliyalashtirishning yangi modellarini aprobatsiyadan oʻtkazish rejalashtirilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-mayda qabul qilingan “Sogʻliqni saqlash sohasini kompleks rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorining 11-bandiga muvofiq davlat tibbiy sugʻurtasi tizimini joriy etilishini tezlashtirish maqsadida ushbu tizimning alohida mexanizmlarini 2021-yil 1-avgustdan boshlab boshqa hududlarda ham bosqichma-bosqich amalga oshirish belgilangan.

Ushbu hujjatga asosan, joriy yilning iyun oyida Sogʻliqni saqlash vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalariga quyidagi ishlarni amalga oshirish boʻyicha koʻrsatma bergan:

tibbiyot muassasalarida tibbiy jihozlar, buyumlar, kompyuter texnikasi va boshqa vositalarni xatlovdan oʻtkazish, shuningdek, tibbiy xodimlar roʻyxatini shakllantirish;

kafolatlangan paketga kiritilgan tibbiy xizmatlarni koʻrsatish uchun tibbiyot muassasalarini zarur boʻladigan tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash;

oilaviy shifokor yoʻllanmasi asosida kafolatlangan paketga kiritilgan bepul tibbiy xizmatlar koʻrsatish tizimini tashkil etish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-noyabrda qabul qilingan qarorida kafolatlangan paket asosida tibbiy xizmatlar koʻrsatishga nodavlat tibbiyot tashkilotlari ham jalb qilinishi nazarda tutilgan.