Navoiylik Zilola Maxammadova 20 yildan beri astma xastaligidan aziyat chekib kelmoqda. Shu kungacha davolanish uchun bormagani joyi, uchrashmagan mutaxassisi qolmadi. Bunga esa ancha mablagʻ ketdi. Bir kuni Zilola opa televizorda “nogironligi bor fuqarolar ixtisoslashtirilgan markazlarda bepul davolanishi mumkin”, degan xabarni eshitdi.
Maslahatlashish uchun oilaviy shifokori bilan bogʻlandi. Oilaviy shifokor unga “Ha, opajon siz yoʻllanma asosida Respublika allergologiya markazida davolansangiz boʻladi,” dedi. Yoʻllanma tez fursatda rasmiylashtirildi.
Koʻp vaqt oʻtmay Zilola opa ushbu markazga davolanishga keldi, Zilola opaning bugun kayfiyati yaxshi. Bunga sabab koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlarning nafaqat sifati yuqoriligida balki, bepul amalga oshirilayotganida ham.
Maʼlumot uchun, ushbu markazga yoʻllanma bilan kelgan bemorlarning davolanish sarf-xarajatlarini Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi qoplab beradi.
Batafsil: “Sevimli” TVning “Zamon” informatsion dasturida.
DTSJ Matbuot va PR xizmati