Ishonch telefoni:
(+998 71) 241 02 39
Elektron pochta:
info@tibbiysugurta.uz

Odob-axloq qoidalariga bag‘ishlangan seminar

Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Odob-axloq qoidalariga bag‘ishlangan seminar
Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Odob-axloq qoidalariga bag‘ishlangan seminar

«Odob» (arabcha «adab» so‘zining ko‘pligi) xulq-atvori, yurish-turish madaniyatning tashqi va ichki jihatlarni ifodalaydigan tushuncha bo‘lib, u kishilarning hatti-harakatida, o‘zaro munosabatida (oila, mehnat jamoasi va h.k.) namoyon bo‘ladi.

Odob-axloq qoidalari davlat xizmatida yuksak kasbiy madaniyatni shakllantirish, jamoatchilik ongida davlat xizmatiga bo‘lgan hurmat va ishonchni oshirish hamda davlat xizmatchilarining axloq qoidalariga zid bo‘lgan xatti-harakatlarining oldini olishga xizmat qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yilning 14-oktyabrida qabul qilingan “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bu borada dasturilamal bo‘lmoqda.

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida mazkur qarorning mazmun mohiyatiga bag‘ishlab o‘tkazilgan o‘quv-seminarda Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi rahbarlari va xodimlari ishtirok etishdi.