Ishonch telefoni:
(+998 71) 241 02 39
Elektron pochta:
info@tibbiysugurta.uz

Oilaviy shifokor yoʻllanmasi bilan jarrohlik amaliyoti bepul oʻtkaziladi

Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Oilaviy shifokor yoʻllanmasi bilan jarrohlik amaliyoti bepul oʻtkaziladi
Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Oilaviy shifokor yoʻllanmasi bilan jarrohlik amaliyoti bepul oʻtkaziladi

Toshkent shahrida yashovchi Muzaffar Qulmurodov imtiyozli yoʻllanma asosida Respublika xirurgik angionevrologiya ixtisoslashtirilgan markazida davolanayotgan bemorlardan biri. Uch oy oldin unda uyqu tomirlarini ikki tomonlama torayishi tashxisi bilan oʻng tomonlama rekonstruktiv amaliyoti bajarilgan edi.

Yaqin kunlarda Muzaffar akada amaliyotning ikkinchi bosqichi oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

– Insultdan keyin boshim koʻp aylanadigan boʻlib qoldi, – deydi Muzaffar Qulmurodov, – Qolaversa qon bosimim ham oshib ketardi. Keyin shu markazga murojaat qilganimda, menga oilaviy poliklinikangizdan yoʻllanma olib keling, jarrohlik amaliyoti bepul oʻtkaziladi, deyishdi.

Bu kabi jarrohlik amaliyotini sarf-xarajatini Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi qoplab beradi. Unda imtiyozli yoʻllanma olish uchun bemor oilaviy shifokoriga murojaat qilishi shart.

Markaz boʻlimi boshligʻi Abduvali Jalilovning soʻzlariga koʻra, imtiyozli yoʻllanma boʻlmasa, bunday jarrohlik amaliyotlari uchun bemorlar oʻz choʻntagidan 18 mln soʻm toʻlaydi.

DTSJ Matbuot va PR xizmati