Ishonch telefoni:
(+998 71) 241 02 39
Elektron pochta:
info@tibbiysugurta.uz

Olti oylik faoliyat koʼrsatkichlarida nimalar oʼzgardi

Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Olti oylik faoliyat koʼrsatkichlarida nimalar oʼzgardi
Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Olti oylik faoliyat koʼrsatkichlarida nimalar oʼzgardi

Davlat tibbiy sugʼurtasi mexanizmlarini Sirdaryo viloyatida joriy qilish jarayonida aholiga koʼrsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini jahon andozalariga olib chiqish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Bunda tibbiyot xodimlari faoliyati, ularning hisobotini yuritish, masofaviy nazorat qilish va tezkor onlayn-monitoring olib borish maqsadida samarali ishlar qilindi.
Ulardan biri va davlat tibbiy sugʼurtasi mexanizmlarining asosiy shartlaridan biri – tibbiyot xodimlari faoliyatidagi ochiqlik va shaffoflikni, statistik va moliyaviy koʼrsatkichlarni muntazam eʼlon qilish yoʼli bilan taʼminlanmoqda. Jumladan, Sirdaryo viloyati davolash-profilaktika muassasalarining 2021 va 2022 yillar 6 oylik faoliyat koʼrsatkichlari tahlil qilinganda, quyidagi dinamik oʼzgarishlar kuzatildi.
Sirdaryoda davlat tibbiy sugʼurtasi tajriba-sinov tariqasida joriy etilgandan keyin hududdagi OShP va OP larga qatnovlar soni 160923 taga yoki 21 foizga, KTMP tor soha mutaxassislariga yoʼllanmalar soni 31099 taga yoki 2,2 barobarga, tuman/shahar markaziy shifoxonalariga yoʼllanmalar soni esa 18811 taga yoki
3,3 barobarga, kunduzgi statsionarda davolanganlar soni 588 taga yoki 1,1 barobarga oshganini kuzatish mumkin.
Shu jarayonda amalga oshirilgan tushintirish ishlari natijasida aholining toʼgʼridan-toʼgʼri KTMPlarga murojat qilishi kamayib, qatnovlar soni 89374 taga yoki 7,0 foizga kamaydi. Аksincha ularning oilaviy shifoxonalarga murojaati ortib, amaliyotchi hamshiraning tavsiyalariga amal qilish holati koʼpaygan. Kunduzgi statsionarlarda davolanganlar soni 491 taga yoki 75,5 foizga oshgan.
Ishlar natijasi hisob-kitoblarda yaʼni raqamlarda yaqqol koʼrinishini hisobga olib, eʼtiboringizga statistik maʼlumotlarni havola etamiz.Tuman/shahar markaziy shifoxonalarida davolangan bemorlar soni 4550 nafarga yoki 9,5 foizga kamaygan, yoʼllanmalar bilan yotqizilgan bemorlar soni esa 3789 nafarga yoki 17,3 foizga oshgan. Bajarilgan jarrohlik amaliyotlari soni 16 taga (0,5 foizga) kamaygan boʼlsada, yuqori texnologiyali operatsiyalar soni 80 taga yoki
2,1 barobarga oshgan.
Viloyat DPMlarida davolanib chiqqan bemorlar soni ham shunga mos ravishda koʼpayib bormoqda. 1801 taga yoki 7,6 foizga oshgan, bunda yoʼllanmalar bilan yotqizilganlar soni 5770 taga yoki 14,9 foizga oʼsgan. Аmalga oshirilgan jarrohlik amaliyotlari soni esa 321 taga yoki 8,1 foizga, yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyotlari soni 265 taga yoki 92 foizga oshgan.

Davlat tibbiy sugʼurtasi jamgʼarmasi matbuot xizmati