Ishonch telefoni:
(+998 71) 241 02 39
Elektron pochta:
info@tibbiysugurta.uz

Ona oʻz farzandiga ikkinchi bor hayot baxsh etdi

Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Ona oʻz farzandiga ikkinchi bor hayot baxsh etdi
Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Ona oʻz farzandiga ikkinchi bor hayot baxsh etdi

Yaratgan ham yaxshi koʻrgan kishisiga dard beradi, degan gap bor. Bu qanchalik toʻgʻri, notoʻgʻriligini yaratganning oʻzi biladi. Ammo, bandasimas. 2003-yilda tugʻilgan boyovutlik Aburayxon Mazbutov tugʻma kar soqovligi bois, birinchi guruh nogironi boʻlsada sogʻ-salomat yaqinlari bagʻrida sizu-bizdek yashab kelayotgan edi.

Nima boʻldi-yu, unda buyrak bilan bogʻliq muammo yuzaga keldi. Yaqinlari koʻmagida koʻplab tibbiyot muassasalarida, shifokorlar qabulida boʻldi. Unga oʻtkir buyrak yetishmovchiligi tashxisi qoʻyildi. Oldiniga Yangiyer shahar tibbiyot birlashmasida, soʻng, Guliston tibbiyot klasteri, uning nefrologiya va gemodializ boʻlimidan dializ muolajalarini ola boshladi. Lekin yaxshi tomonga oʻzgarmadi.

— Mutaxassislar qayta tekshiruvdan oʻtkazdi. “Faqatgina bir yoʻli bor. Buyrak transplantatsiya amaliyoti” deyishgandan soʻng, anchagina tushkunlikka tushsakda, mutaxassislar maslahati asosida DNK tahlili topshirdim. Natija-chi, ijobiy. Ona uchun bundanda ortiq quvonch, baxt boʻlmasa kerak, — deydi Malohat Boboqulova.

Mazkur amaliyot Guliston tibbiyot klasterida oʻtkazildi. Ona buyragi farzandiga koʻchirib oʻtkazildi. Ushbu amaliyot uchun ketgan xarajatlar esa Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi tomonidan qoplab berildi.

Ayni vaqtda ham onaning, ham bolaning salomatligi yaxshi. Ular shifokorlar nazorati ostida davo muolajalarini olishyapti.

DTSJ Matbuot va PR xizmati