Ishonch telefoni:
(+998 71) 241 02 39
Elektron pochta:
info@tibbiysugurta.uz

Onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi

Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi

“Ayollar orasida onkologik kasalliklarni nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ-402-son, 22.11.2024) qabul qilindi

🔰Qarorga koʻra, tibbiyotning birlamchi boʻgʻinida 30–65 yoshdagi ayollarning elektron bazasi (roʻyxati) shakllantiriladi, ularni tibbiy koʻrikka taklif qilish tizimi yaratiladi.

⚡️Har yili 30–50 yoshdagi ayollarda bachadon boʻyni saratoni skriningi odam papillomasi virusini polimeraza zanjirli reaksiya tekshiruvi usuli orqali aniqlash hamda suyuqlik sitologiyasi usulida tekshirish yoʻli bilan amalga oshiriladi.

📝30–65 yoshdagi ayollar har 2 yilda bir marotaba tibbiyot xodimlari tomonidan birlamchi saralashdan oʻtkaziladi.

❗️Skrining natijasida onkologik kasallikka chalinganligi aniqlangan bemorlarni tashxislash va davolash bilan bogʻliq xarajatlar byudjet hisobidan moliyalashtiriladi.

🗓2025-yil 1-yanvardan boshlab:

➖onkonazorat xonalari uchun akusher-ginekolog shifokor hamda mobil va statsionar mammograflar ishini 2 ta smenada tashkil etish uchun rentgen-laborantlar shtatlari joriy etiladi;

➖Mammografiya tasvirini oʻqish markazi tashkil etiladi;

➖odam papilloma virusi diagnostikasi uchun qoʻllanadigan test tizimlari sifatini nazorat qilish boʻyicha referens-laboratoriya faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;

➖bachadon boʻyni va koʻkrak bezi saratoni skriningiga nodavlat tibbiyot tashkilotlari jalb qilinadi.

✅2025-yil 1-mayga qadar:

🔹bachadon boʻyni saratoni skriningi va koʻkrak bezi saratonini erta aniqlash sifatini baholash va monitoring qilib borish tizimi;
🔹skrining dasturiga kiritilgan ayollar bilan qayta aloqa qilish tizimi joriy etiladi.

DTSJ Matbuot va PR xizmati