Ishonch telefoni:
(+998 71) 241 02 39
Elektron pochta:
info@tibbiysugurta.uz

O‘tgan yili tibbiyot klasterida 700 ga yaqin jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi

Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > O‘tgan yili tibbiyot klasterida 700 ga yaqin jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi
Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > O‘tgan yili tibbiyot klasterida 700 ga yaqin jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi

Tibbiyotdagi islohotlar sabab, Guliston tibbiyot klasterida bundan bir necha yillar muqaddam, travmatologiya va ortopediya yo‘nalishida bir necha turdagi amaliyotlar yo‘lga quyilgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib, yuqori texnologik amaliyotlar turi 70 dan oshib ketdi.

Birgina, o‘tgan yili, 8 nafar fuqaroda buyrak transplantatsiyasi, 79 nafar fuqaroda chanoq son, tiza bo‘g‘imlarida endoprotezlash, 58 nafar fuqaroda umurtqa pog‘onasi disk churrasida titan keydj bilan mustahkamlash,16 nafar fuqaroda bosh miyasi bilan bog‘liq, 200 dan oshiq fuqarolarda laparoskopik, xullas 635 nafar fuqaroda shu turdagi yuqori texnologik amaliyotlar o‘tkazilgan bo‘lsa, shundan 225 nafar fuqaroda o‘tkazilgan jarrohlik amaliyoti xarajatlarini Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi qoplab berdi.

—Bunda bizga, muassasaga keltirilgan zamonaviy, eng soʼngi rusumdagi tibbiy uskunalar yordami katta bo‘lyapti, —deydi Guliston tibbiyot klasteri neyrotravmatologiya bo‘limi boshlig‘i, ortoped-travmatolog Sevara Otayeva.
Eng muhimi, Guliston tibbiyot klasterda buyrak transplantatsiyasi, qorin oldi devori churrasi, oshqozon va un ikki barmoqli yara kasalliklari, o‘t tosh kasalliklari, chanoq son, tiza bo‘g‘imini endoprotezlash, ko‘krak qafasi girdobsimon deformatsiyalari operatsiyasi, uzun naysimon suyaklar sinishlarida bloklovchi intramedullar osteosintez, umurtqa pog‘onasi asoratlangan disk churrasida transpedikulyar fiksatsiya, bosh miya o‘smalari, umurtqa pog‘onasi disk churrasida titan keydj bilan mustahkamlash, rinoplastika kabi yuqori texnologik amaliyotlar yo‘lga qo‘yildi.
Bu turdagi amaliyotlarni yo‘lga quyilishi, bemorlarni ham vaqtini, ham naqdini tejash imkonini bermoqda.