Ishonch telefoni:
(+998 71) 241 02 39
Elektron pochta:
info@tibbiysugurta.uz

Ozarbayjonlik mutaxassislar O‘zbekistonda

Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Ozarbayjonlik mutaxassislar O‘zbekistonda
Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Ozarbayjonlik mutaxassislar O‘zbekistonda

Ozarbayjon davlat majburiy tibbiy sugʼurta agentligi rahbari Zaur Аliyev boshchiligidagi delegatsiya Davlat tibbiy sugʼurtasi jamgʼarmasiga tashrif buyurdi.
Uchrashuvda tomonlar kelgusida oʼzaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish hamda kengaytirish masalalarini muhokama qildi.
Qayd etish kerakki, Jamgʼarma hozirda Qozogʼiston, Qirgʼiziston, Turkiya kabi davlatlar bilan oʼzaro tajriba almashgan.
Ozarbayjondan kelgan delegatsiya tashrif doirasida Sogʼliqni saqlash vazirligida ham boʼldi.


Unda Sogʼliqni saqlash vaziri А.Inoyatov, Davlat tibbiy sugʼurtasi jamgʼarmasi Ijrochi direktori F.Sharipov, Ozarbayjon davlat majburiy tibbiy sugʼurta agentligi rahbari Zaur Аliyev bilan kelgusidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.
Ertaga Ozarbayjonlik mutaxassislar Sirdaryo viloyatiga boradi. U yerda sogʼliqni saqlash tizimida davlat tibbiy sugʼurta mexanizmlarini joriy etish jarayonlari bilan tanishadi.

Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi Matbuot xizmati