Patronaj qamrovining to‘liq va o‘z vaqtida ko‘rsatilishini ta’minlaydi. Bunda aholini ro‘yxatga olish jurnali, biriktirilgan aholi registri kabilardan foydalaniladi.
Ikki xil ko‘rinishda reja tuziladi: universal tashrif (oylik reja, haftalik ishlar nazorati) va progressiv tashrif kengaytirilgan xizmatlar (kunlik reja). Bemor bolalar, tug‘ruqxonadan uyga ruxsat berilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va emlashni rad etgan bolalar uchun kunlik reja qayta ko‘rib chiqiladi. Patronaj hamshiraning rejalarini katta hamshira nazorat qiladi. U patronaj hamshiralarga yangi ma’lumot olinganda progressiv patronaj rejasini tuzishda yordam beradi.
Izoh: universal patronaj xizmati to‘g‘ri tashkil etilganda bir kunda 6 ta xonadon patronajini amalga oshirishga hojat qolmaydi (favqulodda holatlardan tashqari), chunki patronaj hamshirasi xavfni baholash, ota-onalarni o‘qitish va hakozalar bo‘yicha chuqur tizimli ishlarni olib boradi.