Toshkent shahar tibbiyot muassasalarida davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini joriy qilishga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Ayni vaqtda Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi va hududiy sog‘liqni saqlash boshqaruv organlari vakillaridan iborat ishchi guruhi tibbiyot muassasalarida bo‘lib, tayyorgarlik holatini o‘rganmoqda.
📝Navbatdagi o‘rganish ishlari Olmazor tumanidagi 2- sonli tug‘ruqxonada bo‘lib o‘tdi. Ishchi guruhi ushbu tibbiyot muassasasidagi davolanish holati bilan yaqindan tanishib, tug‘ruqxonaning dori-vositalar ta’minoti, hujjatlar bilan ishlash tizimini o‘rgandi. Shuningdek, kafolatlagan tibbiy yordam hajmlaridan kelib chiqqan holda zaruriy asbob-uskuna, kompyuter texnikasi va lokal tarmoq bilan ta’minlanganlik darajasi baholanmoqda.
Davlat tibbiy sug’urtasi jamg’armasi
Matbuot xizamti.