Qozog‘iston Respublikasi Milliy ilmiy ftiziopulmonologiya markazining 90 – yilligiga bag‘ishlangan ”Markaziy Osiyoda sil kasalligi epidemiyasini bartaraf qilish: muvaffaqiyatli tajribalar, muammo va istiqbollar” mavzusidagi silga qarshi kompleks nazorat bo‘yicha VI-Xalqaro konferensiyasi
HISOBOTI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 noyabrdagi ”Sog‘liqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli va davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini Sirdaryo viloyatida joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4890-sonli qarori ijrosi xodimlarni o‘qitish va malakasini oshirish vazifasi belgilangan. Ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida MDH davlatlari va xorijiy tashkilotlar bilan muzokaralar olib borilmoqda.
Amerika Qo‘shma Shtatlarining xalkaro rivojlanish agentligi (USAID) va Qozog‘iston Respublikasi tashabbusi bilan 2022 yil 22-23 sentyabrda Qozog‘iston Respublikasi Milliy ilmiy ftiziopulmonologiya markazining 90 – yilligiga bag‘ishlangan ”Markaziy Osiyoda sil kasalligi epidemiyasini bartaraf etish: ilg‘or tajribalar, muammolar va istiqbollar” nomli silga qarshi kompleks nazorat bo‘yicha VI-Xalkaro konferensiyasi tashkil etildi.
Mazkur tadbirda ishtirok etish uchun Davlat tibbiy sug‘urtasi jamgarmasi Ijro etuvchi direktori F.Sharipov, Matbuot kotibi S. Shoyeva tarkibidagi delegatsiya joriy yil 21-24 sentyabr kunlari Qozog‘iston Respublikasining Olmaota shahriga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida Qozog‘iston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri Ajar Giniyat, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropa xududiy byurosi raxbari Xans Klyuge, USAID ning Markaziy Osiyoda regional loyihasi direktori Lourens Xardi, OITS, sil va bezgak kasalliklariga qarshi kurash bo‘yicha Xalqaro jamgarma menedjeri Dumitru Laticheski va boshqa bir qator mas’ul shaxslar hamda xorijiy mexmonlar ishtirokida konferensiyaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Konferensiya doirasida Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi ijro etuvchi direktori F.Sharipov tomonidan ”Sog‘liqni saqlashda tibbiy sug‘urta va yagona to‘lovchini joriy etish, ixtisoslashtirilgan markazlar xizmatlari uchun to‘lov imkoniyatlari” mavzusida taqdimot o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston Respublikasida Davlat rahbari va hukumat tomonidan sog‘liqni saqlash sohasini rivojlantirishga ko‘p e’tibor qaratilayotganligi, aholiga tibbiy yordam sifati, samaradorligini oshirish, ushbu sohada davlat tibbiy sug‘urtasi tizimini bosqichma-bosqich joriy etish, tibbiy xizmatlar bozorida zamonaviy rakobat muxitini yaratish hamda shu asosda aholiga kafolatlangan va sifatli tibbiy yordam olish imkoniyatini kengaytirish haqida ma’lumot berildi.
Konferensiya davomida quyidagi mavzular o‘rganildi:
Qozog‘iston va Qirg‘iziston Respublikalarida sil kasalligiga qarshi kurashish xizmatini axborotlashtirish, moliyalashtirish, birlamchi tibbiy sanitariya yordami muassasalarida har bir davolangan holatni tasdiqlash va tibbiy xizmatlarni qayd etuvchi yagona to‘lov siyosati – tibbiy yordam ko‘rsatish yangi modeli haqidagi yangiliklar bilan tanishildi.
Qo‘shni davlatlarning tibbiy sug‘urta tizimiga mas’ul tuzilmalarining tashkiliy tuzilishi, asosiy faoliyat yo‘nalishlari, boshqarmalarning funksional vazifalari, ular duch kelgan to‘siqlar va erishilgan yutuqlari, silga qarshi kurashish tadbirlarini moliyalashtirishning asosiy yo‘nalishlarini islox qilish tajribasi, sog‘liqni saqlashda tibbiy sug‘urta va yagona to‘lovchini joriy etish, ixtisoslashtirilgan markazlarning xizmatlari uchun to‘lov turlari, O‘zbekistonda sil kasalligining hozirgi epidemiologik holati, silga qarshi kurash dasturida tizimli yondashuv: stigma va gender bilan bog‘lik faoliyatni kiritish kabi masalalarda bahs-munozaralar o‘tkazildi.
O‘zbekiston delegatsiyasining Qozog‘iston Respublikasiga tashrifi bilan bog‘liq barcha harajatlar Qozog‘iston tarafi hisobidan qoplandi.