Ishonch telefoni:
(+998 71) 241 02 39
Elektron pochta:
info@tibbiysugurta.uz

🔎Oʼzbekistonda aholiga kafolatlangan paket doirasida bepul tibbiy yordam koʼrsatish va dori vositalari bilan taьminlash, surunkali kasalliklarni ambulator sharoitda davolashda zarur boʼladigan ayrim dori vositalari bilan bemorlarni dorixona orqali bepul taʼminlash dasturi ishlab chiqildi. Ushbu dastur Reimbursatsiya deb nomlanadi. Reimbursatsiya – inglizcha soʼz boʼlib, “xarajatlarni qoplash” maʼnosini anglatadi.

📍Reimbursatsiya dasturi bemorga oilaviy shifokor yozgan elektron retsept asosida dorixonalar orqali dori vositalarini bepul olish imkonini beradi. Reimbursatsiyaga Sirdaryo viloyatida tajriba-sinov tariqasida arterial gipertoniya, yurak ishemik kasalligi, qandli diabetning 2-turi, bronxial astma va oʼpkaning surunkali obstruktiv kasalliklarini ambulator sharoitda davolash uchun 11 turdagi dori vositasi kiritilgan.