25 yoshli Mo‘minaliev Salohiddin ikkinchi guruh nogironi. Uning onasi Gulsara Nazarova o‘g‘lini Surxondaryo viloyati Termiz shahridan davolash uchun Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi olib kelgan.
Tekshiruv natijalariga ko‘ra, Salohiddinning miyasida o‘simta borligi aniqlangan. Yaqin kunlarda Salohiddin jarrohlik stoliga yotadi. Xarajatlar esa Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi tomonidan davlat budjetidan qoplab berilmoqda.
Ma’lumot uchun, Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi bilan shartnoma imzolagan tibbiyot markazlaridan biri hisoblanadi.
Davlat tibbiy sug’urtasi jamg’armasi
Matbuot ximati.