Ishonch telefoni:
(+998 71) 241 02 39
Elektron pochta:
info@tibbiysugurta.uz

Samarqandlik tibbiyot xodimlari Sirdaryoda tajriba almashdi

Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Samarqandlik tibbiyot xodimlari Sirdaryoda tajriba almashdi
Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Samarqandlik tibbiyot xodimlari Sirdaryoda tajriba almashdi

Ma’lumki, Sirdaryo viloyati sog‘liqni saqlash tizimiga Respublikada birinchilardan bo‘lib joriy etilgan va aprobatsiyadan o‘tkazilgan davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi respublikamizning boshqa hududlariga ham bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.

Bu borada esa, Sirdaryo tajribasi Respublikamizning boshqa hudud tibbiyot xodimlari uchun katta maktab vazifasini o‘tamoqda.
Yaqinda Samarqandlik tibbiyot xodimlari Sirdaryo tajribasini o‘rganish, sirdaryolik tibbiyot xodimlar bilan tajriba va mahorat almashish maqsadida Guliston shahar tibbiyot birlashmasiga tashrif buyurdi.

—Ular tashriflari doirasida Guliston shahar tibbiyot birlashmasi, birlashmamiz tasarrufidagi Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika, oilaviy poliklinika va oilaviy shifokorlik punktlarida bo‘lishdi, — dedi shahar tibbiyot birlashmasi bosh shifokori Murod Ko‘paysinov.

— Biz ularga, Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi xodimlari ishtirokida Sirdaryoda joriy etilgan davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlari, uning nafaqat aholiga, soha xodimlariga afzal bo‘lgan jihatlari, shifokor, shifokor oldi xonasi, JSST mutaxassislarining tavsiyasi asosida tashkil etilgan profilaktika maktablari to‘g‘risida ma’lumot berdik. O‘ylaymanki, taqdim etgan ma’lumotlarimiz kelgusida Samarqand viloyatida tizimni joriy etishda nihoyatda qo‘l keladi.

Muhimi, Gulistonda sirdaryolik va samarqandlik sog‘liqni saqlash tizimi xodimlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan hamkorlik uchrashuvi ikki viloyat xodimlari uchun nihoyatda foydali bo‘ldi.

Davlat tibbiy sug’urtasi jamg’armasi
Matbuot va PR xizmati.