Ishonch telefoni:
(+998 71) 241 02 39
Elektron pochta:
info@tibbiysugurta.uz

Qashqadaryo viloyat sogʼliqni saqlash tizimi xodimlari Sirdaryo tajribasini oʼrganmoqda

Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Qashqadaryo viloyat sogʼliqni saqlash tizimi xodimlari Sirdaryo tajribasini oʼrganmoqda
Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Qashqadaryo viloyat sogʼliqni saqlash tizimi xodimlari Sirdaryo tajribasini oʼrganmoqda

Sirdaryoga Qashqadaryo viloyat sogʼliqni saqlash boshqarmasi boshligʼi Bobur Teshaev boshchiligidagi tuman, shahar tibbiyot birlashmalari, viloyat shifoxonalarining bosh shifokorlari va bosh hisobchilari tashrif buyurdi.

Unda davlat tibbiy sugʼurtasi jamgʼarmasi boshqarma boshliqlari ham ishtirok etdi.

Tashrif davomida qashqadaryolik mutaxassislar Sirdaryo viloyat sogʼliqni saqlash boshqarmasi tizimidagi tibbiyot muassasalarida davlat tibbiy sugʼurtasi mexanizmlarini joriy etish jarayonlari bilan bilan bogʼliq holatlarni oʼrganishdi.

Chiroqchi tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori Erkin Аrzievning taʼkidlashicha, Davlat tibbiy sugʼurtasi bilan bogʼliq mexanizm tibbiyotda tub burilish yasaydi.

–Sirdaryo viloyat sogʼliqni saqlash boshqarmasi tizimidagi tibbiyot muassasalarga ilk marotaba joriy etilgan davlat tibbiy sugʼurtasi mexanizmlari bilan bogʼliq jarayon oʼrganishlar davomida, bizda katta taassurot qoldirdi, – dedi shifokor.

Maʼlumot uchun, yurtimizda aholiga tibbiy xizmat koʼrsatishning samaradorligi, sifati va qulayligini yanada oshirish maqsadida islohotlarning eng muhim yangiligi sifatida Davlat tibbiy sugʼurtasi mexanizmlari Sirdaryo viloyatida joriy etilmoqda.