Ishonch telefoni:
(+998 71) 241 02 39
Elektron pochta:
info@tibbiysugurta.uz

Sirdaryo viloyatida aholiga dori vositalarini bepul yetkazib beruvchi dorixonalar soni oshdi

Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Sirdaryo viloyatida aholiga dori vositalarini bepul yetkazib beruvchi dorixonalar soni oshdi
Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Sirdaryo viloyatida aholiga dori vositalarini bepul yetkazib beruvchi dorixonalar soni oshdi

Reimbursatsiya tizimi bo‘yicha hamkorlik maqsadida Boyovut tumanidagi  “Baratboy Diyorbek” hamda Oqoltin tumanidagi “Dilshod” MChJ bilan shartnoma tuzildi.

Ushbu shartnomaga ko‘ra, dorixonalar arterial gipertoniya, yurak ishemik kasalligi, qandli diabetning 2-turi, bronxial astma va o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalliklarni ambulator sharoitda davolash uchun 11 turdagi dori vositalarini bepul beradi.

Reimbursatsiya tizimi bo‘yicha dori vositalari uchun xarajatlarni Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi tomonidan qoplab beriladi.

Davlat tibbiy sug‘urtasijamg‘armasi
Matbuot xizmati.