Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi Sirdaryo viloyati tibbiyot muassasalarida davlat tibbiy sugʻurtasi mexnazmlari talablari bajarilishini oʻrganish va amaliy yordam berish maqsadida Ishchi guruhi tuzdi.
Ishchi guruhi ayni vaqtda Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida boʻlib, tuman koʻp tarmoqli markaziy poliklinika va markaziy shifoxonada monitoring ishlarini olib bormoqda.
Shu oʻrinda qayd etish joizki, 2023 yilda Sirdaryo viloyatida bemorlarga faqat oilaviy shifokor yoʻllanmasi asosida bepul tibbiy yordam koʻrsatish tartibi joriy etildi. Yoʻllanmasiz murojaat qilinganlarga tibbiy yordam pullik koʻrsatilishi belgilandi. Viloyat boʻyicha 418 ta tibbiyot brigadasi va 201 ta shifokor oldi koʻrik xonasi tashkil qilindi.
Natijada bemorlarning tuman va shahar shifoxonalariga oilaviy shifokor yoʻllanmasi bilan murojaat qilishi 86 foizga etdi. Tor soha mutaxassislariga murojaatlar soni 12 foizga koʻpayib, bemorlarning shifoxonalarda asossiz davolash koʻrsatkichi 40 foizdan 19 foizgacha kamaydi.
Monitoring jarayonlari haqida fotosuratlarda batafsil bilib olishingiz mumkin.