2022 — 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risidagi Prezident Farmoni loyihasiga ko‘ra:
2023 yil 1 iyuldan boshlab Toshkent shahrida bosqichma-bosqich davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlari joriy etiladi.
Sirdaryo viloyatida sinov tariqasida tibbiy sug‘urta mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijalarini inobatga olgan holda, bu tizim bosqichma-bosqich respublikaning boshqa hududlarida ham joriy etiladi.
Shuningdek, loyihada, tibbiy xizmatlarni moliyalashtirish yaxshilanishi hisobiga aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati oshishi belgilangan.
Davlat tibbiy sug’urtasi jamg’armasi
Matbuot xizmati.