Ishonch telefoni:
(+998 71) 241 02 39
Elektron pochta:
info@tibbiysugurta.uz

Siyosiy muloqot: Oʼzbekistonda sogʼliqni saqlash tizimini isloh qilishdagi dastlabki qadamlar sarhisob qilinadi

Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Siyosiy muloqot: Oʼzbekistonda sogʼliqni saqlash tizimini isloh qilishdagi dastlabki qadamlar sarhisob qilinadi
Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Siyosiy muloqot: Oʼzbekistonda sogʼliqni saqlash tizimini isloh qilishdagi dastlabki qadamlar sarhisob qilinadi

Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti Oʼzbekiston Sogʼliqni saqlash vazirligi va Davlat tibbiy sugʼurtasi jamgʼarmasi (DTSJ) bilan hamkorlikda O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha muhim siyosiy muloqot tashkil etmoqda. Uchrashuvda davlat muassasalari asosiy hamkorlari, shuningdek, rivojlanish bo‘yicha hamkorlar guruhi va sog‘liqni saqlash boʼyicha xalqaro agentliklar ishtirok etadi. Muloqotda Prezidentning «2019—2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish kontseptsiyasi» toʼgʼrisidagi farmonida aks ettirilgan sogʼliqni saqlash sohasida amalga oshirilgan islohotlar natijasida erishilgan yutuqlar, muammolar va rejalar muhokama qilindi.
Tadbirda asosiy eʼtibor “O‘zbekistonda sogʼliqni saqlash tizimini isloh qilish: dastlabki qadamlar sarhisobi” taqdimotiga qaratiladi. Unda Sirdaryo viloyatida joriy etilgan sog‘liqni saqlash tizimini-yangi modeli davlat tibbiy sugʼurtasi tizimini joriy etish borasida erishilgan yutuqlar atroflicha muhokama qilindi.

JSST Barselona sogʼliqni saqlash tizimlarini moliyalashtirish boʼyicha byurosi va JSSTning birlamchi tibbiy-sanitariya yordami bo‘yicha Yevropa markazi tomonidan tayyorlangan keng qamrovli hisobotda DTSJning tashkil etilgani yuqori baholandi va ustuvor yoʼnalishlardan biri sifatida birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini taransformatsiya qilish muhimligi taʼkidlandi.
Hisobotda islohotlarni boshqa hududlarga joriy etish boʼyicha 14 ta asosiy xulosa va tavsiyalar berilgan va sogʼliqni saqlash tizimini raqamlashtirish boʼyicha ko‘rilgan choralar yuqori baholanib, aniq boshqaruv va ustuvor yo‘nalishlarni belgilash zarurligi taʼkidlandi.

JSST vakili va JSSTning Oʼzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Dr Asheena Khalakdina qo‘yidagilarni qayd etdi: «Ushbu hisobot taqdimoti va bugungi muloqot O‘zbekistonda sogʼliqni saqlash tizimini isloh qilish borasidagi ishlar yangi bosqichda ekanligini anglatadi. Umumiy xulosa va strategik harakatlar orqali O‘zbekiston aholi ehtiyojlarini samarali taʼminlaydigan sogʼliqni saqlash tizimini yaratish yoʼlida muhim qadamlar qoʼyishga tayyor».
Ushbu muloqotda sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada chuqurroq tushunish, ularni hukumat tashabbuslari bilan moslashtirish va O‘zbekiston bo‘ylab sogʼliqni saqlash tizimini isloh qilishni jadallashtirish boʼyicha strategik harakatlar strategiyasini muhokama qilindi.