Ishonch telefoni:
(+998 71) 241 02 39
Elektron pochta:
info@tibbiysugurta.uz

Sogʻliqni saqlashni boshqarish sohasida qoʻshma o‘quv dasturlari va ilmiy tadqiqotlar davom etmoqda

Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Sogʻliqni saqlashni boshqarish sohasida qoʻshma o‘quv dasturlari va ilmiy tadqiqotlar davom etmoqda
Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Sogʻliqni saqlashni boshqarish sohasida qoʻshma o‘quv dasturlari va ilmiy tadqiqotlar davom etmoqda

“Sogʻliqni saqlashni boshqarish va jamoat sogʻligʻini saqlash” mutaxassisligi boʻyicha diplomdan keyingi taʼlim yoʻnalishida qoʻshma oʻquv dasturlari hamda ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish maqsadida oʻtgan yili vazirlik hamda Toshkent xalqaro Vestminster universiteti oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolangan edi.

Yaqinda qoʻshma dastur doirasida “Sogʻliqni saqlashni boshqarish va jamoat sogʻligʻini saqlash sohasidagi xalqaro tajriba” moduli boʻyicha mashgʻulotlarning birinchi siklida hududlardan 30 nafar tinglovchi qatnashgan edi.

Bu galgi mashgʻulotlar Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi hamda Toshkent xalqaro Vestminster universitetining “Tibbiyot muassasalarini moliyalashtirish va buxgalteriya hisobi transformatsiyasi” hamda “Sogʻliqni saqlashni boshqarish, tibbiyot muassasalarini moliyalashtirish va buxgalteriya hisobi boʻyicha ilgʻor xalqaro tajriba” mavzusidagi malaka oshirish kurslarini birlashtirish asnosida tashkil etildi.

Mazkur qoʻshma kursning rasmiy ochilishiga bagʻishlab oʻtkazilgan tadbirda Sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari Farrux Sharipov ishtirok etdi va soʻzga chiqdi.

💬Qayd etilganidek, davlatimiz rahbarining 2024-yil 5-sentyabrdagi “Davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlarini joriy etishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori bilan aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, sogʻliqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish, byudjet mablagʻlaridan samarali foydalanish hamda davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlarini respublikaning hududlarida joriy qilish shartlari, tartibi, muddatlari belgilab berilgan.

Ayni paytda vazirlik tomonidan ushbu tizimni yanada takomillashtirish, ilgʻor xalqaro tajribani taʼlim jarayoniga tatbiq etish yoʻnalishida izchil ish olib borilmoqda. Qoʻshma malaka oshirish mashgʻulotlarida ham bunga alohida eʼtibor qaratiladi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.