Ishonch telefoni:
(+998 71) 241 02 39
Elektron pochta:
info@tibbiysugurta.uz

Surxondaryoda buyrak ko‘chirish amaliyoti o‘tkazildi

Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Surxondaryoda buyrak ko‘chirish amaliyoti o‘tkazildi
Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Surxondaryoda buyrak ko‘chirish amaliyoti o‘tkazildi

Sir emas, yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari chekka hududlardagi tibbiyot tashkilotlarida ham oʻtkazilib kelinmoqda.
Xususan, Surxondaryo viloyati koʻp tarmoqli tibbiyot markazida buning uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Qolaversa, ushbu markaz Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi bilan shartnoma asosida bemorlarga tibbiy xizmatlar koʻrsatib kelmoqda.
Bu imtiyozli toifaga kiruvchi bemorlarda yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlarini elektron yoʻllanma asosida bepul oʻtkazish imkoniyatini beradi.
Misol uchun ushbu markazda joriy yilda 5 nafar bemorda buyrak koʻchirib oʻtkazish jarrohlik amaliyotlari oʻtkazildi. Barcha xarajatlar Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi hisobidan qoplab berildi.