Ishonch telefoni:
(+998 71) 241 02 39
Elektron pochta:
info@tibbiysugurta.uz

 

Tibbiy birgada, elektron retsept va kafolat paketi…

Yurtimizda aholiga tibbiy xizmat koʼrsatishning samaradorligi, sifati va qulayligini yanada oshirish maqsadida islohotlarning eng muhim yangiligi sifatida Davlat tibbiy sugʼurtasi mexanizmlari Sirdaryo viloyatida joriy etilmoqda

Bunda esa Prezidentimizning 2020 yil 12 noyabrda qabul qilingan “Sogʼliqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli va davlat tibbiy sugʼurtasi mexanizmlarini Sirdaryo viloyatida joriy etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Oʼtgan vaqt davomida tajriba-sinov loyihasi doirasida Sirdaryo viloyati qator yutuqlarga erishildi. Xususan, oilaviy shifokor punkti (OShP)da oilaviy shifokor faoliyatini yangicha tizimda tashkil qilish, kafolatlangan paket asosida laborator tekshiruvlar oʼtkazish, bemorlarni mutaxassislarga yoʼllash borasida tizim ishlar yoʼlga qoʼyilmoqda.

Eng muhimi tibbiyot muassasiga kelgan bemorlar navbatda turish tavishidan xalos boʼlishdi, ular oldindan, oʼziga qulay vaqtda elektron navbatga yozilish imkoniga ega boʼldi. “Tibbiy birgadalar” faoliyati tufayli oilaviy shifokorning obroʼy ortib, mehnat samaradorligi oshmoqda. Kafolatlangan paketi doirasida dori vositalari, tibbiy buyumlar va sarflov materiallari barcha boʼgʼindagi tibbiyot muassasalarida bepul berilishi yoʼlga qoʼyildi.

–Sirdaryo viloyati sogʼliqni saklash boshqarmasi tizimida 63 ta mustaqil tibbiyot tashkiloti va uning tarkibida 152 ta muassasa faoliyat yuritadi,–deydi Guliston shahar tibbiyot birlashmasi bosh vrachi
Yu.Mirxonov. – Moliyalashtirishning amaldagi tizimi ajratilayotgan mablagʼlarning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini oshirishga salbiy taʼsir koʼrsatib kelgan. Bunda samarasiz xarajatlar 40 foizni profilaktika ishlari uchun xarajatlar 40, statsionar davolash uchun xarajatlar 60 foizdan koʼproq boʼlgan. 90 foiz mablagʼ ish hakiga, 10 foiz mablagʼ esa tibbiy xizmatlar uchun sarflangan

Аmalga oshirilgan bu kabi yangiliklar va oʼzgarishlarning mohiyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida Toshkent shahri sogʼliqni saqlash bosh boshqarmasi tizimidagi davolash-profilaktika muassasalari muttasadilari uchun Sirdaryo viloyatida seminar-trening oʼtkazildi.

–Biz “Guliston tibbiyot klastrida” va 4 oilaviy poliklinikada boʼlib qilinayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdik,-deydi Toshkent shahar sogʼliqni saqlash bosh boshqarmasi boshliq oʼrinbosari Muattar Аbdullaeva. – Hozirda Toshkent shahrida tibbiy sugʼurtaga oʼtish uchun birinchi qadamlar tashlangan. Biz amalga oshirishni boshlayotgan vazifalar allaqachon bu yerda bajarilgan. Davlat tibbiy sugʼurtasida kasallikni asoratlarini davolash emas, balki erta aniqlash, oldini olish borasida tizimli ishlar yoʼlga qoʼyilgan ekan. Аlbatta, bunda mehnat samaradorligi va maqsadliligi oshadi.

Toshkent shahridan borgan tibbiyot xodimlariga tibbiy xizmatlar koʼrsatish modelini birlamchi tibbiy-sanitariya yordami rolini kuchaytirish, Sogʼliqni saqlashni boshqarishning zamonaviy mexanizmlarini joriy qilish, moliyalashtirishning yangi mexanizmlarini xususida alohida taqdimotlar oʼtkazildi. Mehmonlar Guliston
shahridagi 4- oilaviy poliklinikada amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

“Shifokor oldi koʼrik xonasida” hamshiralar bemorni mustaqil ravishda yuqumli boʼlmagan (yurak qon-tomir, qandli diabet, nafas olish yoʼllari) kasaliklar havfini baholash uchun dastlabki skriningdan oʼtkazilib, shikoyatlari qayt etiladi va zarur hollarda oilaviy shifokor qabuliga yoʼnaltirildi. Dastlabki koʼrik natijasida oilaviy shifokor qabul qiladigan bemor soni ortib, tor soha mutaxassislariga yoʼnaltirish oʼrtacha 16 foizga kamaydi. Masalan, Guliston shahridagi 4-sonli oilaviy poliklinikaning bir nafar amaliyotchi hamshirasi joriy yilning yanvarь-fevralь oylarida 165 nafar 40 yoshdan oshgan aholini maqsadli skrining tekshiruvlaridan oʼtkazdi. Natijada ularning 114 nafarida yurak qon-tomir kassaliklari boʼyicha xavf omillari erta aniqlanib, nazoratga olindi.

–Birlamchi tibbiy-sanitariya yordam muassasalarida belgilangan standartlarga koʼra jihozlangan shifokor oldi koʼrik xonalari tashkil etilgan, – deydi amaliyotchi hamshira N.Primqulova.– Natijada bir bemorni koʼrish, davolash uchun oilaviy shifokor avvallari oʼrtacha 5-6 daqiqa vaqt ajratgan boʼlsa, endi buning uchun 15- 20 daqiqa vaqt sarflamoqda. Negaki, biz, amaliyotchi hamshiralar har bir bemorni holatini oʼrganib, tahlil qilganimiz bois, bemorlarning koʼpchiligi shifokor oldi koʼrik xonalaridan qaytib ketmoqda. Аhvoli jiddiy boʼlganlar shifokor qabuliga kirib, chuqur tekshiruvdan oʼtish uchun yoʼllanmalar olishmoqda.
Yana bir yangilik. Tajriba- sinov loyihasi doirasida surunkali kasaliklarni (yuqori qon bosimi, qandli diabet, astma) shifokor tomonidan yoziladigan elektron retsept asosida dorixonalar tomonidan biriktirilgan 11 turdagi dori vositalari bilan ambulator davolanishini.