Ishonch telefoni:
(+998 71) 241 02 39
Elektron pochta:
info@tibbiysugurta.uz

Tibbiy sug‘urta: o‘zaro hamkorlik, sog‘liq va kafolat

Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Tibbiy sug‘urta: o‘zaro hamkorlik, sog‘liq va kafolat
Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Tibbiy sug‘urta: o‘zaro hamkorlik, sog‘liq va kafolat

Farg‘ona viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborotigako‘ra, Farg‘ona viloyatida Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi hamkorligida jarrohlik amaliyotlari muntazam o‘tkazib kelinmoqda. Jumladan, ta’kidlanishicha, yil boshidan beri 23 nafardan ortiq bemor viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida, 40 nafari Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona filialida davolangan.

Shuningdek, 129 nafari viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazia hamda Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona filialida ijtimoiy himoyaga va murakkab jarrohlik amaliyotiga muhtoj bo‘lgan 100 nafardan ortiq bemorlarda murakkab yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlar o‘tkazilib, 1 mlrd 615 million so‘m miqdoridagi davolash xarajatlari Jamg‘arma tomonidan budjet mablag‘lari hisobidan qoplab berildi. Qolaversa yana ikkita xususiy klinikalarda 238 mln so‘mlik operatsiyalar bajarilgan.

 

Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi
Matbuot xizmati