Ishonch telefoni:
(+998 71) 241 02 39
Elektron pochta:
info@tibbiysugurta.uz

Tibbiy xizmat sifati tahlil qilindi

Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Tibbiy xizmat sifati tahlil qilindi
Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Tibbiy xizmat sifati tahlil qilindi

Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasining Buxoro viloyat hududiy bosh mutaxassisi Z. Sharipov ishtirokida viloyatdagi tibbiyot xodimlari uchun uchrashuv tashkil etildi.

Unda TTBlarni axborotlashtirish, tibbiy yordam koʻrsatishning yangi modeli va moliyalashtirish yangi mexanizmlarini tadbiq etish, bosqichma-bosqich tibbiy sugʻurta tizimini joriy etish, aholining kafolatlangan va sifatli tibbiy yordam olish imkoniyatlarini oshirish masalalari tahlil qilindi.

Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalaridagi oilaviy shifokor, amaliyotchi va patronaj hamshiralari hamda doyadan iborat tibbiy brigadalar faoliyatini muvofiqlashtirish yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, shartnoma tuzgan tibbiyot muassasalarida yoʻllanma bilan murojaat qilgan imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga koʻrsatiladigan tibbiy yordam xarajatlarini bazaviy narxlar doirasida Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplab berishni toʻgʻri tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Ma’lumot uchun Buxoro viloyatida Respublika ixtisoslashtirilgan markazlarning filiallri, 31 ta shifoxona, 13 ta tuman va shahar tibbiyot birlashmasi, 13 ta markaziy poliklinika, 82 ta oilaviy poliklinika, 96 ta oilaviy shifokorlik punkti, 122 ta mahalla tibbiyot punkti joylashgan. Ayni vaqtda viloyatning ikki million nafar aholisiga 253 ta tibbiyot tashkilotlari tibbiy xizmat koʻrsatmoqda.

Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi
Matbuot va PR xizmati.