Kuni kecha Jizzax viloyat Bolalar koʼptarmoqli tibbiyot markazida davlat tibbiy sugʼurtasi mexanizmlari, tibbiy xizmat sifati va moliyalashtirish masalalariga bagʼishlangan seminar tashkil etildi.
Tadbirda muassasa rahbariyati, shifokorlar, oʼrta va kichik tibbiyot xodimlari ishtirok etdi. Ishtirokchilar oʼzlarini qiziqtirgan yoʼnalishlarda kerakli bilim va tavsiyalarni tinglashdi. Uchrashuv qizgʼin munozara va savol-javob koʼrinishida boʼlib oʼtdi.
DTSJ Matbuot va PR xizmati