Ushbu muddatlarda turli masalalarda 316 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shulardan 20 ta murojaat tibbiyot xodimlari muomalasi va ishidan noroziligi yuzasidan bo‘lgan.
Misol uchun, Guliston shahar tibbiyot birlashmasiga joriy yilning 1-iyuldan 25-noyabrgacha bo‘lgan muddatda 129 ta murojaat tushgan. Shundan 13tasi nogironlik nafaqasi uchun bo‘lsa, 5tasi jarrohlik amaliyoti o‘tash uchun, 38tasi qo‘shimcha dori-darmon so‘rab yozilgan.
Shuningdek, tibbiyot birlashmasiga ishga kirish uchun 12 ta ariza va tibbiyot xodimlari ustidan 5ta shikoyat tushgan.