Ishonch telefoni:
(+998 71) 241 02 39
Elektron pochta:
info@tibbiysugurta.uz

Tibbiyotdagi islohotlar, istiqboldagi vazifalar, bugungi natijalar – Davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi joriy qilinishining afzalliklari

Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Tibbiyotdagi islohotlar, istiqboldagi vazifalar, bugungi natijalar – Davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi joriy qilinishining afzalliklari
Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Tibbiyotdagi islohotlar, istiqboldagi vazifalar, bugungi natijalar – Davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi joriy qilinishining afzalliklari

Mamlakatimizda inson salomatligi va uning turmush farovonligiga bo‘lgan e’tibor kundan-kunga o‘z samarasini berib kelmoqda. Ayniqsa, shifo maskanlarida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati oshib, fuqarolar, qolaversa, davolanuvchilar uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.

So‘ngi yillar mamlakatimizda sog‘liqni saqlash sohasi uchun ulkan islohotlar yili sifatida tarixga kirmoqda. Hususan, sog‘liqni saqlashning birlamchi tibbiy xizmat, ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmat, xususiy tibbiyot, aholining reproduktiv salomatligini asrash, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, dori ta’minotini yaxshilash, malakali kadrlar bilan ta’minlash, tibbiy ta’limni rivojlantirish kabi barcha yo‘nalishlarida qator islohotlar amalga oshirilmoqda.

Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi mutaxassisi tomonidan, Sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, hududlar aholisini sifatli tibbiy xizmat bilan qamrab olish, O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta tizimini joriy etish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risida Olot tumanidagi 13 ta davolash profilaktika va yordamchi muassasalarda faoliyat yuritayotgan tibbiyot xodimlari uchun seminar – trening o‘tkazildi.

Shuni alohida ta’kidlash joizki tibbiy sug‘urtasi tizimi joriy etilgandan so‘ng aholi o‘zi biriktirilgan tibbiyot muassasasiga (oilaviy poliklinika, oilaviy shifokor punkti) murojaat qilsa, kafolatlangan paket doirasida tibbiy xizmat va dori vositalari bilan bepul ta’minlanadi.

Tor soha mutaxassisi ko‘rigiga zarurat bo‘lganda yo‘llanma asosida tuman yoki shahar tibbiyot birlashmasidagi markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikaga yo‘naltiriladi. Bunda tibbiy tekshiruvlar va tor soha mutaxassislarining ko‘rigi bepul o‘tkaziladi. Agar fuqaro tor soha mutaxassisiga yo‘llanmasiz murojaat qilsa, xizmatlar pullik asosda amalga oshiriladi. Barcha islohotlardan asosiy maqsad odamlar hayotini yaxshilash, sifatli tibbiy xizmat bu borada muhim o‘rin tutishi ayni isloxotlar dolzarbligini ko‘rsatadi.