Bu haqida DTSJning Toshkent shahar hududiy bo‘linma boshlig‘i vazifasini bajaruvchi B.Mo‘minov so‘zlab berdi.
Prezidentimizning 2020 yil 12 noyabrdagi “Sog‘liqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli va davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini Sirdaryo viloyatida joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda 2022 yil 20 dekabrdagi Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasiga muvofiq 2023 yil 1 iyuldan davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini Toshkent shahrida joriy qilish belgilangan.
2022 yil 30 dekabrdagi “2023 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonuniga asosan Davlat budjetida ushbu maqsadlar uchun rejalashtirilgan mablag‘lar doirasida Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarini moliyalashtirish uchun Jamg‘arma shartnoma imzolagan.
Tibbiyot muassasalari taqdim qilgan biznes-rejalarda birinchi navbatda ish xaqi to‘lovlari, ish xaqidan ajratmalar hamda dori vositalari, tibbiy buyumlar va boshqa zarur tovar-moddiy boyliklar xaridi uchun mablag‘lar rejalashtirilgan bo‘lib, har oyda Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi to‘liq moliyalashtirmoqda.
Davlat tibbiy sug’urtasi jamg’armasi
Matbuot xizmati.