Ishonch telefoni:
(+998 71) 241 02 39
Elektron pochta:
info@tibbiysugurta.uz

Davlat tibbiy sugʼurtasi jamgʼarmasi Turkiya bilan hamkorlik oʼrnatdi

Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Davlat tibbiy sugʼurtasi jamgʼarmasi Turkiya bilan hamkorlik oʼrnatdi
Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Davlat tibbiy sugʼurtasi jamgʼarmasi Turkiya bilan hamkorlik oʼrnatdi

Joriy yilning 6 sentyabr kuni Davlat tibbiy sugʼurtasi jamgʼarmasi rahbariyati Turkiya Respublikasida boʼlib, Turkiya ijtimoiy sugʼurta agentligi rahbari Kyurshat Аrat bilan uchrashdi.

Аnqara shahrida boʼlib oʼtgan uchrashuvda Turkiyada tibbiy sugʼurta sohasida amalga oshirilgan ishlar, agentlikning tashkiliy tuzilmasi, faoliyati hamda tibbiy sugʼurtaning barcha yoʼnalishlari, xususan axborot tizimi, dori-darmon va tibbiy jihozlar bilan taʼminlash, tibbiy xizmatlar tasnifi boʼyicha taqdimot oʼtkazildi.
Turkiya tomoni ham Oʼzbekistonda tibbiy sugʼurta sohasida olib borilayotgan ishlarga alohida qiziqish bildirdi. Davlat tibbiy sugʼurtasi jamgʼarmasi ijro etuvchi direktori Farrux Sharipov “Oʼzbekiston Respublikasi Sogliqni saqlash tizimida olib borilaëtgan islohotlar va davlat tibbiy sugʼurtasi mexanizmlarini Sirdarë viloyatida tajriba sinov natijalari” mavzusida taqdimot oʼtkazib, davlat tibbiy sugʼurtasi mexanizmlarini Sirdarë viloyatida tajriba -sinov natijalari toʼgʼrisida soʼzlab berdi.
Uchrashuv yakunida oʼzaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida ikki tomonlama memorandum imzolashga kelishib olindi. Memorandum imzolashdan koʼzlangan maqsad Turkiyaning tibbiy sugʼurta sohasidagi yangiliklari, tashkiliy tuzilma va yutuqlari borasida tajriba almashish.
Maʼlumki, rivojlangan infratuzilma va tibbiy xizmatning sifati va xarajatining noyob munosabatlari tufayli har yili Turkiya davlatiga koʼrikdan oʼtish va davolanish uchun butun dunyodan 1 milliondan ortiq odam keladi. Negaki, Turkiya tibbiyot sohasi boʼyicha Yevropa va dunyoning boshqa yetakchi mamlakatlari bilan bir xil darajada rivojlangan.
DTSJ rahbariyatining Turkiyaga amaliy tashrifi davom etmoqda.
Bugun oʼzbekistonlik vakillarning Istanbulning yetakchi tibbiyot muassasalarida boʼlishi rejalashtirilgan.