Ijtimoiy tarmoqlar orqali Jamg‘armamiz manziliga ko‘plab dil izhorlari kelmoqda. Ulardan biri jizzaxlik Xayriniso Nodirova tomonidan yuborildi.
…Buning yagona davosi buyrakni almashtirish, jarrohlik amaliyotining narxi esa juda qimmatligi, faqat chet elda amalga oshirilishi haqida eshitib, to‘g‘risi, hayotdan ham ko‘nglim sovigandi…
..Mana shunday go‘zal, inson qadri ulug‘lanayotgan yurtda yashayotganimdan xursandman. Mendek oddiy qishloq ayoliga ko‘rsatilgan bunday g‘amxo‘rlik uchun, avvalo, Prezidentimizga, hamda davlat tomonidan ajratilayotgan mablag‘larni to‘g‘ri yo‘naltirayotgan Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasiga minnatdorlik bildiraman…