DTSJ xodimlari Ukrainada tajribasini o‘rganish maqsadida xizmat safari bilan Ukraina milliy salomatlik xizmatida bo‘lishdi. Ushbu tashkilot Ukrainadagi tibbiy xizmatlarning yagona xaridchisi hisoblanadi va quyidagi yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi:
tibbiyot tashkilotlari bilan shartnoma tuzish
oilaviy shifokor retsepti asosida bemorlarga bepul dori vositalarini berish (reimbursatsiya)
aholining 79 foizi birlamchi yordam olish uchun o‘z muassasasini tanlagan
aholining 76 foizi shifokor faoliyatidan qoniqish hosil qilgan
reimbursatsiya 2018-2020 yillar 23 turdagi, 2021 yildan 46 turdagi dori-darmon
shartnoma tuzilgan 3380 ta tibbiyot tashkilotidan 2119 tasi – birlamchi tibbiy yordam tashkilotlari, 1651 tasi – ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam tashkilotlari
elektron sog‘liqni saqlash tizimi (e-HEALTH) – 2020 yildan ular faoliyatining majburiy sharti hisoblanadi
Uning 5 ta hududiy bo‘linmalari (departamentlari) mavjud