Ishonch telefoni:
(+998 71) 241 02 39
Elektron pochta:
info@tibbiysugurta.uz

Yangi talablar bizga ham, bemorlarga ham ma’qul kelmoqda

Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Yangi talablar bizga ham, bemorlarga ham ma’qul kelmoqda
Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Yangi talablar bizga ham, bemorlarga ham ma’qul kelmoqda

Nafas olishga qiynalish, kuchli charchoq, holsizlik, yolg‘iz qolishdan qo‘rquv va vahima sababli uydagilarni ham havotirga qo‘ydim. Umumiy ahvolim kun sayin yomonlashgani sababli, oilaviy shifokorga murojaat qildim. Elektron yo‘llanma asosida tezkorlik bilan Respublika muassasasiga yotqizildim va tezkorlik bilan jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. Hozirda  ahvolim juda yaxshi. Davlatimiz tomonidan menga o‘xshagan bemorlar uchun yaratilgan bu kabi imkoniyatlardan juda mamnunman. Negaki, barcha harajatlar davlat tomonidan to‘lab berildi, – deydi bemor O‘ktam Zoitov.

            Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy – amaliy tibbiyot markazi direktor o‘rinbosari, bosh shifokor Ulug‘bek Nizomov: “Oxirgi vaqtlarda imtiyozli toifadagi shaxslarda o‘tkazilayotgan yuqori texnologik  jarrohlik amaliyotlari uchun barcha harajatlar o‘z vaqtida va to‘liq Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi tomonidan qoplab berilmoqda. Bunda bemorlar tomonidan hech qanday sarf-harajatga yo‘l qo‘yilmaydi. Albatta, yangi talablar bizga ham, bemorlarga ham ma’qul kelmoqda.    

Davlat tibbiy sug’urtasi jamg’armasi Matbuot xizmati