Ishonch telefoni:
(+998 71) 241 02 39
Elektron pochta:
info@tibbiysugurta.uz
Moliyalashtirish bo‘yicha ma‘lumotlar

Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi tomonidan imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga ko‘rsatilgan tibbiy yordam xarajatlarini qoplash to‘g‘risida
MA’LUMOT

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-iyuldagi “Sog‘liqni saqlash sohasida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5199-sonli qaroriga muvofiq 2021-yil 1-oktabrdan boshlab Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga kvota asosida order berish tartibi bekor qilindi va moliyalashtirishning yangi mexanizmi asosida ularni hisobga olish va navbat asosida davolanishga yo‘llashning elektron axborot tizimi joriy qilindi.

Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni davolash xarajatlarini qoplash uchun 14 ta respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari va 52 ta viloyat darajasidagi shifoxonalar bilan 317,8 mlrd. so‘mga shartnomalar tuzildi.

Joriy yil 1-oktabr holatiga 37 720 nafar imtiyozga ega bemorlarga ko‘rsatilgan tibbiy yordam xarajatlarini qoplash uchun 217,6 mlrd. so‘m mablag‘lar moliyalashtirildi. Shundan:
respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari tomonidan 34 721 nafar bemorlarga ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlarning 199,4 mlrd so‘mlik;
viloyat darajasidagi shifoxonalar tomonidan 2 999 nafar bemorlarga ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlarning 18,2 mlrd so‘mlik xarajatlari qoplab berildi.

Shuningdek, yuqoridagi qarorga muvofiq nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan imtiyozli toifadagi bemorlarni davolash yo‘lga qo‘yildi. 2022-yilda ko‘z mikroxirurgiyasi va urologiya, kardiologiya, travmatologiya-ortopediya, akusherlik-ginekologiya, xirurgiya va neyroxirurgiya yo‘nalishlarida 27 ta xususiy klinikalar tomonidan 226 nafar bemorga ko‘rsatilgan 3,1 mlrd so‘mlik tibbiy xizmat xarajatlari qoplab berildi.